Bugun
11
O'zbek

«Nyukasl» yangi murabbiy uchun katta miqdorda pul to‘lab beradi

Futbol
31 iyul, 01:42
Mattias Yayssle ingliz klubida Eddi Hauning o‘rnini egallaydi.
«Nyukasl» yangi murabbiy uchun katta miqdorda pul to‘lab beradi
Foto: Gettyimages

Bu haqda mashhur insayder Fabritsio Romano xabar berdi.

«Nyukasl» Mattias Yaysleni bosh murabbiy etib tayinlashga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Hozirda «Al Ahli»da ishlayotgan 38 yoshli mutaxassis o‘z lavozimini tark etishga qaror qilgan Eddi Hau o‘rnini egallaydi.

Insayderning so‘zlariga ko‘ra, «Nyukasl» Saudiya Arabistoni klubiga nemis murabbiyi uchun 11 million yevro miqdorida tovon puli to‘laydi.

Ma’lumot uchun, Mattias Yaysle ingliz klubi bilan 2030-yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzolaydi. Shanba kuni murabbiy Angliyaga uchib boradi va yangi lavozimda taqdim etiladi.

Eslatib o‘tamiz, «Nyukasl» Angliya Premer-ligasi o‘tgan mavsumida 12-o‘rinni egalladi. Eddi Hau jamoani 2021-yilning noyabridan buyon boshqarmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Nyukasl Nyukasl
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

15+ izoh +1 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar