Braziliyalik yarimhimoyachi Kazemiro «Inter Mayami»ga o‘tgach, argentinalik hujumchi Lionel Messi haqida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Hozir u bilan birga ekanligimdan mamnunman. U menga juda ko‘p muammo tug‘dirgan. Men doimio eng yaxshilar bilan o‘ynashni orzu qilardim. Men unga qarshi bir necha bor o‘ynaganman, uni to‘xtatib bo‘lmasligini bilardim, lekin u hamma narsani yutib olgandan so‘ng va uning yanada o‘sishga, g‘alabalarga intilishini ko‘rgandan so‘ng... Bu hayratlanarli. U bilan birga o‘ynash men uchun katta sharaf. Men xohlagan joyimdaman. Men o‘sishda davom etmoqchiman. Men futbol o‘ynashdan zavq olmoqchiman», — deya Kazemiro so‘zlaridan iqtibos keltirdi AS.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ispaniya chempionatida Kazemiro «Real» safida, Messi esa «Barselona» tarkibida harakat qilgan.
Ma’lumot uchun, Kazemiro MLSning «Inter Mayami» klubi safida «Klyob de Fut Monreal» jamoasiga qarshi bahsda debyut qilib ulgurdi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi