Bugun
11
O'zbek

«Arsenal» Vinisius uchun 123 million yevro taklif qilishi mumkin, «Real» esa 160 million yevro so‘ramoqda — The Article

Futbol
31 iyul, 03:03
Oxir-oqibat braziliyalik Angliyaga ko‘chib o‘tadi shekilli.
«Arsenal» Vinisius uchun 123 million yevro taklif qilishi mumkin, «Real» esa 160 million yevro so‘ramoqda — The Article
Foto: Gettyimages

Bu haqda The Article nashri X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasi orqali xabar berdi.

Londonliklar vinger Vinisius Junior «Real Madrid»dan «Arsenal»ga o‘tgan taqdirda o‘z tasviridan foydalanish huquqining 100%ni saqlab qolishiga rozi bo‘ldi, «Qaymoqlilar» esa shartnomani uzaytirgan taqdirda ushbu huquqlarning 80%ni o‘yinchiga qoldirishga tayyor. Shuningdek, futbolchi shartnomani uzaytirish uchun oladigan mukofot puli miqdorini oshirishga erishmoqchi.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, agar «Arsenal» Vinisius vakillarining qo‘llab-quvvatlashiga erishsa, London klubi «Real»ga vinger transferi uchun 105 million funt sterlingdan (123 million yevro) ko‘proq mablag‘ taklif qilishga tayyor. Biroq Ispaniya klubi 26 yoshli futbolchisining ehtimoliy sotuvidan taxminan 137 million funt sterling (160 million yevro) daromad olmoqchi.

Ma’lumot uchun, Vinisius 2018-yilning yozidan beri madridliklar safida harakat qilib keladi. Ushbu davrda futbolchi barcha musobaqalarni inobatga olganda 375 ta o‘yinda maydonga tushib, 128 ta gol urdi va 100 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027-yilning yozigacha mo‘ljallangan.

Transfermarkt portali Vinisiusning aktual trasnfer narxini 140 mln yevroga baholamoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Arsenal Arsenal
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

10+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar