Bugun
11
O'zbek

«Real» Garsiyani Mourinioning qarshiligiga qaramay sotib yuborgan

Futbol
31 iyul, 02:12
Madrid klubi «Fulhem»ning yosh forvard bo‘yicha taklifini qabul qildi.
«Real» Garsiyani Mourinioning qarshiligiga qaramay sotib yuborgan
Foto: Gettyimages

Bu haqda COPE xabar berdi.

«Real» «Fulhem»ning hujumchi Gonsalo Garsiya transferi bo‘yicha taklifini qabul qildi.

22 yoshli futbolchi muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishni xohlagani uchun ingliz klubi safiga qo‘shilishga qaror qildi.

Manbaning xabariga ko‘ra, «qaymoqranglilar» ustozi Joze Mourinio oxirigacha ispaniyalikni tarkibda saqlab qolishni istagan, biroq klub baribir hujumchiga xayrixohlik ko‘rsatib, uning sotib yuborish variantini tanlashga qaror qilgan.

«Fulhem»da Gonsalo Garsiya ilgari «Real» va «Kastilya»da birga ishlagan Alvaro Arbeloa qo‘l ostida o‘ynaydi.

Ma’lumot uchun, Garsiyaning o‘rniga Madrid klubi allaqachon «Levante»dan Karlos Espini sotib oldi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

10+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar