Bu haqda mutaxassisning o‘zi jurnalistlar bilan uchrashuvda ma’lum qildi.
Angliyaning «Liverpul» klubi sobiq bosh murabbiyi Arne Slot Niderlandiya milliy jamoasi boshqaruvini qabul qilib olmaydi.
«Men klublar miqyosida Yevropa futbolidagi ishimni davom ettirishni maqsad qilganman. Va bu qarorga kecha yo bugun kelganim yo‘q», - deya niderlandiyalik mutaxassis so‘zlaridan iqtibos keltirdi De Telegraaf.
Ma’lumot uchun, avvalroq Arne Slot «Al Ahli» taklifini ham rad etgani haqida xabar bergan edik.
Eslatib o‘tamiz, JCH-2026dagi muvaffaqiyatsizlik natijasida Ronald Kuman iste’foga chiqarilgach, Niderlandiya milliy jamoasi bosh murabbiysiz qoldi. Jamoa AQSH, Kanada va Meksikada o‘tgan mundialda pley-off bosqichining ilk bosqichidayoq Marokashga imkoniyatni boy berib (1:1, penaltilar seriyasi bo‘yicha 2:3), musobaqani tark etdi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi