Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar bermoqda.
Portugaliya milliy jamoasi qanot hujumchisi Rafael Leau faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin. Insayderning xabar berishicha, «Manchester Yunayted» Italiyaning «Milan» jamoasidan futbolchining ehtimoliy transferi bo‘yicha ma’lumot so‘ragan.
Manbaga ko‘ra, Leau endi «Milan» rejalarida asosiy o‘yinchi hisoblanmaydi va yozda sotib yuborilishi mumkin. Futbolchining o‘zi ham klubni tark etishga tayyor.
Avvalroq, 27 yoshli portugaliyalik futbolchining transferi bo‘yicha Turkiyaning «Fenerbahche» va «Galatasaroy» klublari muzokara olib borayotgani xabar qilingandi. Mish-mishlarga ko‘ra, Leo o‘z faoliyatini Angliyada davom ettirishni afzal ko‘radi. «Milan»ning so‘rovi esa taxminan 50-60 million yevroni tashkil etadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq inglizlar murabbiyi Maykl Kerrik o‘z jamoasida yana bir portugaliyalik vingerni ko‘rishni xohlayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.