Live
1
O'zbek

«Milan» «Arsenal» iqtidoriga qiziqmoqda

Futbol
30 iyul, 09:30
«Rossoneri» Itan Nvaneri transferi bo‘yicha so‘rov yubordi.
«Milan» «Arsenal» iqtidoriga qiziqmoqda
Foto: Getty Images

«Milan» «Arsenal» yarimhimoyachisi Itan Nvanerini o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini o‘rganmoqda.

Jurnalist Matteo Morettoning xabariga ko‘ra, Italiya klubi 19 yoshli futbolchini transfer qilish imkoniyati yuzasidan «Arsenal»ga rasmiy so‘rov yuborgan.

Manbaga ko‘ra, Nvaneriga faqat «Milan» emas, balki «Everton», «Fulhem» va «RB Leypsig» klublari ham qiziqish bildirmoqda.

Ma’lumot uchun, Itan Nvaneri «Arsenal» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U London klubi asosiy jamoasi safida 51 ta uchrashuvda maydonga tushib, 10 ta gol urgan va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Transfermarkt futbolchini 35 million yevroga baholaydi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Milan Milan
  • Arsenal Arsenal
Bugungi yangiliklar