Live
3
O'zbek

"Arsenal" Vinisius transferi oʻxshamasa, Yildizni sotib olishga harakat qiladi

Futbol
30 iyul, 05:30
Kenan "toʻpchilar" uchun zaxira varianti hisoblanadi.
"Arsenal" Vinisius transferi oʻxshamasa, Yildizni sotib olishga harakat qiladi
Foto: Getty Images

"Yuventus" vingeri Kenan Yildiz faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin. Bu haqda Indykaila News xabar berdi.

Turkiyalik futbolchiga "Arsenal" qiziqish bildirmoqda. London klubi rasmiylari ehtimoliy transfer boʻyicha muzokaralar oʻtkazish uchun Italiyaga yoʻl olgan.

Qayd etilishicha, Yildiz "Arsenal" uchun zaxira varianti hisoblanadi. Agar "Real" vingeri Vinisius Junior transferi amalga oshmay qolsa, "toʻpchilar" aynan turkiyalik futbolchini sotib olishga harakat qiladi.

Ma'lumot oʻrnida, Kenan 2022 yilda "Bavariya"dan erkin agent sifatida "Yuventus"ga koʻchib oʻtgan. Uning klub bilan yangilangan shartnomasi 2030 yil 30 iyungacha amal qiladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Arsenal Arsenal
  • Real Madrid Real Madrid
  • Yuventus Yuventus
Bugungi yangiliklar