«Barselona» darvozaboni Voytsex Shchensni nima sababdan klubda qolishga qaror qilganini aytib berdi.
Polshalik kiper o‘tgan mavsumda maydonga kam tushgan bo‘lsa-da, «ko‘k-anorranglilar» safidagi faoliyatini davom ettirish istagini bildirdi.
«Meni qolishga kim ko‘ndirdi? O‘zim va Hansi [Flik]. Biroq, agar endi uddalay olmasligimni his qilganimda, qolmasdim – hech kim meni ko‘ndira olmasdi. Men hali ham o‘zimni yuqori saviyada o‘ynashga tayyor his qilyapman. O‘ylaymanki, tajribam jamoaga foydali bo‘lishi mumkin. Umuman olganda, foyda keltira olar ekanman, qolganimdan xursandman», – deya 36 yoshli darvozabonning so‘zlaridan iqtibos keltiradi BarcaTimes.
Ma’lumot uchun, Voysex Shchensnining «Barselona» bilan shartnomasi kelasi yilning yoziga qadar amal qiladi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi