Bugun
11
O'zbek

«Yuventus» bosh direktori UYEFAning Jahon chempionatini boykot qilishga tayyorligiga munosabat bildirdi

Futbol
31 iyul, 00:06
«Yuventus» klubi bosh direktori Jovanni Karnevali yuzaga kelgan vaziyat bo‘yicha fikr bildirdi.
«Yuventus» bosh direktori UYEFAning Jahon chempionatini boykot qilishga tayyorligiga munosabat bildirdi
Foto: Gettyimages

Italiyaning «Yuventus» klubi bosh direktori Jovanni Karnevali, agar tashkilot musobaqa huquqlarining ma’lum qismini xususiy investorlarga sotsa, UYEFA FIFA homiyligidagi musobaqalarni, xususan, jahon chempionatini boykot qilishi to‘g‘risidagi qarori haqida gapirdi.

«FIFA amalga oshirmoqchi bo‘lgan ishlarga qarshi chiqqan 55 ta federatsiya bor. Infantino nima qilayotganini hamma ko‘rib turibdi: bu bir necha yil oldingiga nisbatan butunlay boshqa yo‘nalish. Menga halol va shaffof harakatlar yoqadi, FIFA esa men ishongan qadriyatlarga amal qilmayapti. 55 ta federatsiya bunga rozi emasligining o‘zi muhim qadam hisoblanadi. Ularni to‘xtatish imkoniyati paydo bo‘ladi» - deya Karnevalining so‘zlaridan iqtibos keltiradi Football Italia.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq UYEFA jahon chempionati huquqlari xususiy investorlarga sotilsa, Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) turnirlarini boykot qilish niyatida ekanligi haqida bayonot bergani bergandi.

Bugungi yangiliklar