«Shalke» klubi hujumchi Edin Jeko klub bilan yangi shartnoma imzolaganini e'lon qildi.
Qayd etilishicha, bosniyalik 40 yoshli futbolchi 2027 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan yangi bir yillik shartnomaga imzo chekkan. Katta ehtimol bilan u kelasi yil yozida faoliyatini yakunlashi mumkin.
Avvalroq Edin xizmatiga A Seriya, MLS va Germaniyaning boshqa klublaridan qiziqish bo'lgan. Biroq u «konchilar» safida qolishga qaror qilgan.
Eslatib o'tamiz, Jeko faoliyati davomida «Volfsburg», «Manchester Siti», «Roma», «Inter» va «Fenerbahche» kabi klublarda to'p tepgan.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi