«Barselona» Joau Kanseluni to‘liq transfer asosida o‘z safiga qo‘shib olishga yaqin turibdi.
The Touchline xabariga ko‘ra, Saudiya Arabistonining «Al Hilol» klubi 32 yoshli portugaliyalik himoyachining ketishiga rozilik bergan. Endi saudiyaliklar «Barselona» bilan muzokaralarning yakunlanishini kutmoqda.
Manbaga ko‘ra, transfer summasi taxminan 10 million yevroni tashkil etadi.
Ma’lumot uchun, Kanselu 2025/26 yilgi mavsumning ikkinchi qismini ijara asosida «Barselona» safida o‘tkazgan. U kataloniyaliklar safida jami 65 ta uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta gol urgan va 9 ta golli uzatmani amalga oshirgan. «Barselona» yangi La Liga mavsumini 23 avgust kuni safarda «Elche»ga qarshi bahs bilan boshlaydi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi