«Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik hujumchi Ferran Torresning kelajagi borasidagi savolga javob berdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq OAVda 26 yoshli Ferran Torres «PSJ» safiga borib qo‘shilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. AQSH, Kanada va Meksika mezbonligida o‘tgan mundial finalida hal qiluvchi golga mualliflik qilgan Ferranni Yevropaning yana bir qator klublariga ehtimoliy transferi haqida mish-mishlar yuribdi.
«Men u bilan jahon chempionati vaqtida gaplashgandim, hozir u ta’tilda. Buni hurmat qilishni istayman. O‘tgan mavsum Torres o‘yin amaliyotiga ega bo‘lganida biz uchun qanchalik muhim o‘yinchi ekanligini ko‘p bor isbotladi», - deya Flik so‘zlaridan iqtibos keltirdi Barca Buzz.
Transfermarkt portali Ferran Torresning aktual transfer narxini 55 million yevroga baholamoqda.