Bugun
14
O'zbek

Neymar: "Faoliyatimni yakunlash haqida o'ylamayapman"

Futbol
4 avgust, 00:40
"Santos" vingeri futboldagi faoliyatini yakunlash ehtimoli haqida fikr bildirdi.
Neymar: "Faoliyatimni yakunlash haqida o'ylamayapman"
Foto: Getty Images

"Santos" vingeri Neymar professional futboldagi faoliyatini yakunlash ehtimoli haqida fikr bildirdi.

"Faoliyatimni yakunlash haqida o'ylamayapman. "Santos" bilan shartnomam dekabrgacha amal qiladi va klub uchun qo'limdan kelgan barcha ishni qilishni xohlayman.

Shundan so'ng variantlarni ko'rib chiqaman. Qolish, ketish, faoliyatimni yakunlash, o'ynashda davom etish... Bilmayman!

Dekabrgacha hali vaqt bor. Ko'ramiz", — deya Neymarning so'zlarini keltiradi jurnalist Fabrizio Romano.

Eslatib o'tamiz, Neymar 2025 yilda o'zi tarbiya topgan klubi "Santos"ga qaytgan va uning shartnomasi shu yil dekabr oyi oxiriga qadar amal qiladi. 2026 yilda hujumchi jamoa safida 16 ta uchrashuvda 8 ta gol urg'an.

Avvalroq Neymar Braziliya milliy jamoasidagi faoliyatini tugatganini tasdiqlagandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Santos FC Santos FC
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

5+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar