Bugun
14
O'zbek

«Santos» jamoadoshlarini haqorat qilgan Neymarnı ruxsatsiz mashg‘ulotni tark etganiga qaramay jazolamadi

Futbol
28 iyul, 03:45
Futbolchi bu ayblovlarni inkor etgan.
«Santos» jamoadoshlarini haqorat qilgan Neymarnı ruxsatsiz mashg‘ulotni tark etganiga qaramay jazolamadi
Foto: Getty Images

«Santos» 34 yoshli vinger Neymar Juniorni jamoadoshlarini haqorat qilgan, keyin esa ruxsatsiz mashg‘ulotni tark etganiga qaramay jazolamadi.

Ma'lum qilinishicha, Braziliya chempionati 20-turidan o‘rin olgan «Shapekoense»ga qarshi o‘yindan (2:2) keyin Neymar 21 yoshli Gabriel Bontemponi haqorat qilgan. Shuningdek, u 19 yoshli Joau Ananas bilan baland ovozda tortishgan. Neymar esa bu ayblovlarni inkor etgan.

Shundan so‘ng, 26 iyul kuni futbolchi klub ruxsatisiz mashg‘ulotni tark etdi va rejalashtirilgan tadbirlarda ishtirok etmadi. U klub bazasida suratga tushib, qahva ichgan.

Neymar kecha, 27 iyul kuni jamoa bilan to‘liq mashg‘ulotlarga qaytdi. Mashg‘ulotga futbolchining otasi ham tashrif buyurib, klub prezidenti va rahbariyati bilan uchrashdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Santos FC Santos FC
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

5 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar