Bugun
14
O'zbek

«Leyptsig» direktori: «Diomandening klubimiz bilan shartnomasi o'z kuchida, u hamon bizning futbolchimiz»

Futbol
4 avgust, 03:15
Marsel Shefer jurnalistlarni Yan tez orada «Real»ga o'tishi haqida xabarlar tarqatgani uchun tanqid qildi.
«Leyptsig» direktori: «Diomandening klubimiz bilan shartnomasi o'z kuchida, u hamon bizning futbolchimiz»
Foto: Getty Images

«Leyptsig» direktori Marsel Shefer jurnalistlarni Yan Diomande tez orada «Real»ga o'tishi haqida xabarlar tarqatgani uchun tanqid qildi.

«Diomande sog'ayib, o'zini tayyor his qilishi bilan Avstriyaga yo'l oladi va bizning safimizga qo'shiladi.

Yanning klubimiz bilan shartnomasi o'z kuchida, u hamon bizning futbolchimiz», — deya Sheferning so'zlarini keltiradi The Touchline.

Ma'lumot o'rnida, hafta oxirida Yan infeksiya sabab «Leyptsig»ning o'rtoqlik uchrashuvida ishtirok etmadi. Ushbu o'yindan so'ng jamoa Avstriyaga yo'l oldi.

Avvalroq Fabrizio Romano «Real» Diomande transferini yakunlagani haqida xabar bergandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Leypsig Leypsig
  • Real Madrid Real Madrid
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

5+ izoh +1 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar