Bugun
14
O'zbek

Endrik Mourinyo ierarxiyasida oltinchi hujumchigacha tushib ketishi mumkin

Futbol
4 avgust, 05:04
Yosh braziliyalikning «Real»dagi kelajagi yana ijara bilan bog‘lanmoqda.
Endrik Mourinyo ierarxiyasida oltinchi hujumchigacha tushib ketishi mumkin
Foto: Getty Images

Endrik Mourinyo ierarxiyasida oltinchi hujumchigacha tushib ketishi mumkin

Yosh braziliyalikning «Real»dagi kelajagi yana ijara bilan bog‘lanmoqda.

«Real» hujumchisi Endrik bosh murabbiy Joze Mourinyoning hujumchilar ro‘yxatida hozircha to‘rtinchi o‘rinda turibdi.

The Touchline nashri braziliyalik manbalarga tayanib xabar berishicha, 20 yoshli futbolchidan oldinda Kilian Mbappe, Vinisius Junior va jamoaning yangi a’zosi Karlos Espi joylashgan.

Manbaga ko‘ra, Rodri jarohatdan qaytgach va «Real» Yan Diomandeni ham o‘z safiga qo‘shsa, Endrikning navbati oltinchigacha tushib ketishi mumkin.

Shu sababli braziliyalik hujumchining yana ijara asosida boshqa klubga yo‘l olishi ehtimoli yuqori baholanmoqda. Ehtimoliy variantlardan biri — o‘tgan mavsumning ikkinchi qismini o‘tkazgan «Lion» klubidir.

Ma’lumot uchun, avvalroq Endrik Joze Mourinyoning ishonchini qozonish va «Real»da o‘z o‘rnini saqlab qolishga qat’iy qaror qilgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

4 izoh +3 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar