Bugun
14
O'zbek

FIFA Infantinoning Tramp ma'muriyati bilan aloqalari bo‘lgani haqidagi ma'lumotlarni rasmiy rad etdi

Futbol
4 avgust, 05:35
AQSh davlat kotibi yordamchisi ham ushbu ma'lumotlarning haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini tasdiqlagan.
FIFA Infantinoning Tramp ma'muriyati bilan aloqalari bo‘lgani haqidagi ma'lumotlarni rasmiy rad etdi
Foto: Championat.com

Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) tashkilot rahbari Janni Infantinoning AQSh prezidenti Donald Tramp ma'muriyati bilan aloqalari bo‘lgani haqidagi ma'lumotlarni rasmiy rad etdi.

Bunga qadar OAVda FIFA prezidenti go‘yoki tashkilot rahbari bo‘lajak saylovlarida ishtirok etish uchun amerikalik siyosatchilarning qo‘llab-quvvatlovini olishga urinib ko‘rgani haqida xabarlar tarqalgan edi. AQSh davlat kotibi yordamchisi Dilan Jonson ham ushbu ma'lumotlarning haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini tasdiqlagan.

«FIFA prezidenti AQSh prezidentiga yoki uning ma'muriyati a'zolaridan birortasiga qo‘ng‘iroq qilmagan. Bu mutlaqo uydirma», — deyiladi tashkilotning ijtimoiy tarmoqdagi xabarida.

Ma'lumot o‘rnida, Infantino 2016 yil fevral oyidan buyon FIFA prezidenti lavozimida ishlab kelmoqda. Avvalroq Janni jahon chempionati ulushini sotish rejasi va boykotlar bilan bog‘liq vaziyatga oydinlik kiritgani ma'lum qilingan edi.

Bugungi yangiliklar