Bugun
14
O'zbek

UEFA klublar o‘rtasidagi JCH-2029 boykotini muhokama qilmoqda

Futbol
4 avgust, 05:24
Yevropa klublari FIFA prezidenti Janni Infantino lavozimida qolsa, musobaqani boykot qilishi mumkin.
UEFA klublar o‘rtasidagi JCH-2029 boykotini muhokama qilmoqda
Foto: Getty Images

UEFA 2029 yilda bo‘lib o‘tadigan klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatini Yevropa klublari tomonidan boykot qilish ehtimolini ko‘rib chiqmoqda.

Bu haqda jurnalist Ben Jeykobs xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, bunday ehtimol FIFA prezidenti Janni Infantino atrofida yuzaga kelgan mojaro bilan bog‘liq. Avvalroq FIFA FIFA Forward Enterprise (FFE) nomli tijorat tuzilmasini tashkil etib, yirik musobaqalar huquqlarining bir qismini sotishni rejalashtirgan edi. Biroq konfederatsiyalar tanqidi va UEFA mamlakatlari tomonidan ehtimoliy boykot tahdididan so‘ng bu tashabbus bekor qilindi.

Xabarga ko‘ra, 12 avgust kuni «PSJ» va «Aston Villa» o‘rtasidagi UEFA Superkubogi bahsi vaqtida UEFA prezidenti Aleksander Cheferin hamda Yevropa klublari assotsiatsiyasi (ECA) prezidenti Nosir Al-Xelayfi ushbu masalani muhokama qiladi.

Cheferin ECA va unga a’zo klublar Janni Infantino FIFA prezidenti lavozimida qoladigan bo‘lsa, 2029 yilgi klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etmasligi kerak, degan fikrda.

Ma’lumot uchun, bunday qaror kuchga kirishi uchun Yevropa klublari assotsiatsiyasiga a’zo 850 dan ortiq klubning roziligi talab etiladi.

Bugungi yangiliklar