«Ayaks» direktori Yordi Kroyf darvozabon Mark-Andre ter Stegenning transferi bo‘yicha izoh berdi. Seshanba kuni Amsterdam klubi nemis futbolchisini «Barselona»dan ijaraga olgani e’lon qilindi.
«Mark ajoyib tajribaga ega va uning darajasi keng tan olingan. U jamoani darhol kuchaytiradi. Biz Mark bilan yaxshi tanishmiz va u bilan yana ishlashni intiqlik bilan kutaman. Biz uning transferi ustida uzoq vaqt ishladik, shuning uchun u shartnoma imzolagani va ishni boshlashi mumkinligidan juda xursandmiz» - deya Kroyfning so‘zlaridan iqtibos keltirdi «Ayaks» matbuot xizmati.
Ma’lumot uchun, «Ayaks»ning navbatdagi o‘yini 6-avgust kuni Konferensiyalar ligasi saralash bosqichining uchinchi bosqichida «Shelburn»ga qarshi bo‘lib o‘tadi.