Kabo-Verde bosh murabbiyi Bubishta milliy jamoani tark etdi.
Endilikda mutaxassis Marokashning "Berkan" klubi bosh murabbiyiga aylanadi. Qayd etish lozim, u 2020 yil yanvar oyidan buyon milliy jamoani boshqarib kelayotgan edi.
Bubishta boshchiligida jamoa tarixda ilk bor jahon chempionatiga yo‘llanma oldi. 2026 yil yozidagi musobaqada afrikaliklar Ispaniya, Urugvay va Saudiya Arabistoni bilan bir guruhdan joy oldi va 2-o‘rinni egallab pley-offga chiqdi.
1/16 final bosqichida esa jamoa 2022 yilgi mundial g‘olibi Argentinaga qo‘shimcha bo‘limlarda 2:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi