Bugun
14
O'zbek

Gonsalo Garsiya: «Real» hamisha mening bir qismim bo'lib qoladi»

Futbol
4 avgust, 00:15
«Fulhem»ga ko'chib o'tgan ispaniyalik hujumchi madridliklar bilan xayrlashdi.
Gonsalo Garsiya: «Real» hamisha mening bir qismim bo'lib qoladi»
Foto: Getty Images

«Fulhem»ga ko'chib o'tgan «Real» sobiq hujumchisi Gonsalo Garsiya madridliklar bilan xayrlashdi.

«Bolalikdagi orzu shunchaki orzu bo'lmay qolganiga 12 yil bo'ldi. Men ulkan minnatdorlik va bu libosda maydonga tushgan har bir kunimda bor kuchimni berganimdan xotirjamlik hissi bilan ketayapman. «Real» hamisha mening bir qismim bo'lib qoladi.

Men bilan bu unutilmas lahzalarni baham ko'rgan va ushbu ajoyib yo'lni bosib o'tishimga yordam bergan barchaga rahmat. «Real» muxlislariga alohida minnatdorlik bildirmoqchiman, birinchi kundan so'nggi kungacha sizning mehringizni his qildim.

Bu klub sharafini himoya qilish men uchun ulkan faxr edi. Hala Madrid!» — deb yozdi Gonsalo Garsiya ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Fulhem Fulhem
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

4 izoh +2 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar