«Chelsi» bosh murabbiyi Xabi Alonso ukrainalik vinger Mixaylo Mudrikni yuqori baholaydi. Bu haqida ukrainalik taniqli sharhlovchi Igor Tsiganik ma'lum qildi.
Uning so'zlariga ko'ra, Alonso 2022 yilda «Bayer»ni boshqargan paytda Mudrikning transferini amalga oshirishni juda istagan. Hattoki futbolchi Germaniya klubi yig'inga kelib, jamoa libosini ham kiyib ko'rgan.
Tsiganikning ta'kidlashicha, Mudrik xususiy shartnoma shartlarini kelishib olgan, ammo klublar transfer summasi bo'yicha murosaga kela olmagani sababli bitim amalga oshmagan.
Jurnalistning fikricha, ispan murabbiyning Mudrikka bo'lgan qiziqishi «Chelsi»ga o'tganidan keyin ham saqlanib qolgan. Shu bilan birga, Alonsodan tez natija kutilayotgani uchun har qanday qaror jamoa manfaatidan kelib chiqib qabul qilinishi kerak.
Mudrik har ikki qanotda ham harakat qila oladi. Agar u to'liq tarkibga qaytsa, «Chelsi» hujum chizig'idagi raqobat yanada kuchayadi.
Avvalroq Mudrik faoliyatini Fransiya chempionatida davom ettirishi mumkinligi haqida xabar bergan edik.