«Manchester Siti» forvardi Omar Marmush yozda jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda insayder Ismoil Mahmud xabar berdi.
Jurnalist yozda futbolchiga alohida e’tibor qaratish kerakligini ma’lum qilgan. Marmush ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishni istamoqda. Shunga qaramay, hozirda futbolchi bor e’tiborini «Manchester Siti» mavsumni imkon qadar muvaffaqiyatli yakunlashiga qaratgan.
Avvalroq, Marmushga «Tottenhem», «Atletiko» va «Barselona» tomonidan qiziqish borligi ma’lum qilingandi.