Portugaliya milliy jamoasining sobiq bosh murabbiyi Roberto Martines Niderlandiya milliy jamoasi boshqaruviga kelishi mumkin. Bu haqda De Telegraaf xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Niderlandiya futbol ittifoqi (KNVB) topshirig‘iga binoan terma jamoa sport direktori Nayjel de Yong 53 yoshli mutaxassis bilan Malaga shahrida uchrashgan. Tomonlar Martinesning bosh murabbiy lavozimiga tayinlanishi ehtimolini muhokama qilgan.
Martines 2023 yil yanvaridan 2026 yil iyuligacha Portugaliya milliy jamoasini boshqargan. Uning qo‘l ostida portugaliyaliklar 2025 yilgi Millatlar ligasida g‘olib bo‘ldi va JCH-2026 pley-off bosqichiga chiqdi. Portugaliya 1/8 finalda Ispaniyaga mag‘lub bo‘lib, turnirni tark etdi.
Ma’lumot uchun, Roberto Martines avval Belgiya milliy jamoasida ham ishlagan. Uning boshqaruvida belgiyaliklar 2018 yilgi Jahon chempionatida bronza medallarini qo‘lga kiritgan.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi