“Dinamo” - “Xorazm” (2:2) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Vadim Abramov matbuot anjumanida ishtirok etib, jurnalistlarning o‘yin haqidagi savollariga javob qaytardi.
- O‘yinni yomon boshlamagandik, to‘g‘ri o‘ynayotgandik, keyin esa ahmoqona xatolarga yo‘l qo‘ydik. Bu esa gol qo‘yib yuborilishiga sabab bo‘ldi. Keyin esa qahramonlik ko‘rsatib hisobda oldinga chiqib oldik. Afsuski, yana xatoga yo‘l qo‘yib burchak zarbasidan gol o‘tkazdik. Aslida to‘p o‘sha nuqtaga yetkazilishini bilardik, ammo tajribali yigitlar qanday qilib bu tarzda himoyalanishdi, yakunda gol o‘tkazdik. Raqib o‘yinchisi 11 metrlik nuqtadan kelib gol urib ketdi. Umuman olganda esa o‘yin jangovar o‘tdi, muxlislarga yoqqan bo‘lsa kerak, ammo biz muhim ochkolarni qo‘ldan boy berdik.
- Jarohat olgan o‘yinchilar bilan vaziyat qay holatda?
- Afsuski, ular orasiga bugun Sanjar Qodirqulov ham qo‘shildi. Jarohat olganlar hali maydonga qaytishga tayyor emas. Bu qiynab qo‘ymoqda. Bor imkoniyatdan foydalanishimizga to‘g‘ri keladi.
- Ularning qaytishini qachon kutsak bo‘ladi?
- Bilmadim, hali aniq gapirish qiyin. Ko‘ramiz, tibbiy bo‘limimiz qanday ish olib borarkin, ko‘rayapmiz, o‘yinlar ketma-ket bo‘lib o‘tmoqda. Ularni tayyorlash kerak, hali mashg‘ulotga qo‘shilgani yo‘q, tarkibga qaytishga yaqindek emas.
- Keyingi turda “Dinamo”ni OKMK va “Paxtakor”dek kuchli raqiblar kutib turibdi. Nimaga umid qilsak bo‘ladi?
- Nega, bu futbol, bugun kim ochko yo‘qotishimizni kutgandi? Ha, raqiblar jiddiy, ammo biz har qanaqasiga tayyorgarlik ko‘ramiz.
- Raqiblarning burchak zarbalari “Dinamo” uchun xavfli bo‘lib qolmoqda. Buni qanday bartaraf etish mumkin?
- Buni yigitlarga tushuntirgandik, ammo ular raqib ortidan ketib qolishdi. Aslida gol uriladigan nuqtani egallash kerak. Bu juda oddiy.
- Jahongir Abdusalomov kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmoqda, ammo u maydonga tushiboq assist qildi va gol urdi. Kam o‘ynayotgani jismoniy holat bilan bog‘liqmi?
- Og‘irlikni hammaga berishimiz kerak, shu bois o‘yinni kuchaytirish uchun uni zahiradan maydonga tushirdik va u gol urdi. Uning zahiradan maydonga tushishi faqatgina taktik o‘ylanmalar bilan bog‘liq.
- Hojimirzayevning yo‘qligi jamoaga qanchalik ta’sir qilmoqda?
- Shubhasiz, nafaqat Hojimirzayev, Amonov, O‘rozov singari o‘yinchilarning ham yo‘qligi katta yo‘qotish, ta’sir qiladi. Ular yetakchi o‘yinchilarimizdan edi. Istalgan jamoa bunday paytda qiynaladi. Bu ko‘proq taqvim zichligi bilan bog‘liq, raqiblarimiz bizga qaraganda 1-2 kun ko‘proq dam olmoqda, biz esa tiklanish ishlarini olib bora olmayapmiz.
“Ahmoqona xatolarga yo‘l qo‘ydik” – Vadim Abramov
Futbol
14 avgust, 15:03
“Dinamo” bosh murabbiyi “Xorazm”ga qarshi bahsdan so‘ng jurnalistlarning savollariga javob qaytardi.
Фото: Динамо ПФК
14.08.2026
FT
O‘zbekiston Superligasi
Dinamo Samarqand
2
:
2
Xorazm