Live
1
O'zbek

Rasman: Satpayev – "Börnli" futbolchisi

Futbol
14 avgust, 15:46
Dastanning ayni vaqtdagi bozor qiymati 3,5 million yevroni tashkil etadi.
Rasman: Satpayev – "Börnli" futbolchisi
Фото: Burnley FC

"Börnli" hujumchi Dastan Satpayevning "Chelsi"dan ijara asosida o'z safiga qo'shib olganini e'lon qildi.

Qozog'istonlik 18 yoshli futbolchi 2026/27 yilgi mavsum yakuniga qadar "Börnli" safida harakat qiladi. Shu tariqa, Satpayev Angliyadagi faoliyatini davom ettirib, yangi jamoasida muntazam o'yin amaliyotiga ega bo'lish imkoniyatini qo'lga kiritadi.

Ma'lumot uchun, "Börnli" o'tgan mavsum Angliya Premer-ligasida muvaffaqiyatsiz ishtirok etdi. Jamoa chempionatni 19-o'rinda yakunlab, elita divizionini tark etdi.

Satpayev esa "Chelsi"ga shu yil yozida "Qayrat"dan ko'chib o'tgan edi. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, Satpayevning ayni vaqtdagi bozor qiymati 3,5 million yevroni tashkil etadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Bernli Bernli
Bugungi yangiliklar