Superliga 17-turida "Qizilqum" Navoiyda "Mash'al"ni qabul qilib, 2:0 hisobida g'alaba qozondi.
Bellashuvda dastlab 10-daqiqada Otabek Jo'raqoziev hisobni ochdi. 34-daqiqada esa Shahzodbek Rahmatullaev ikkinchi golga mualliflik qildi.
Shu tariqa, "oltin izlovchilar" ochkolari sonini 20 taga yetkazib, 12-o'ringa ko'tarildi. "Mash'al" 4 ochko bilan so'nggi pog'onada.
Superliga. 17-tur
Qizilqum – Mash'al 2:0
Gollar: Otabek Jo'raqoziev, 10 (1:0), Shahzodbek Rahmatullaev, 34 (2:0)
Qizilqum: 1.Farhod Rahmatov, 7.Fayzullobek Jumanqoziyev, 8.Shahzod Rahmatullaev (97.Roman Papariga, 77’), 15.Nikola Kumburovich, 31.Jambuli Zhigauri (9.Shahzod Turopov, 77’), 40.Nodirxon Ne'matxonov, 44.G'iyosjon Rizaqulov, 47.Ruslan Roziyev (14.Elbek Otaqulov, 46’), 70.Douglas Maikon, 77.Diyor Rahmatilloyev, 88.Otabek Jo'raqoziev (10.Islom Kenjaboev, 82’).
Mash'al: 35.Dostonbek To'xtaboev, 2.Zafarbek Akramov, 5.Komil Tojiddinov, 7.Vlatko Stoyanovski (10.Humoyun Murtozaev, 46’), 8.Sardor Abduraymov, 9.Ibrohim G'anixonov (18.Ilhom Abdug'aniev, 46’), 19.Tohir To'xtasinov (22.Muhammadbobur Mo'ydinov, 62’), 24.Ifeanyi Ifeanyi (11.Mahmud Jo'raboev, 46’), 37.Sherzod Fayziev (4.Straxinya Boshnjak, 52’), 50.Drago Bumbare, 70.Azizbek Choriyev.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi