Live
9
O'zbek

Keyn «Bavariya» bilan shartnomasini 2029-yilgacha uzaytiradi — The Times

Futbol
14 avgust, 11:11
Myunxenliklar forvardi jamoada yana bir necha yilga qoladigan ko‘rinadi.
Keyn «Bavariya» bilan shartnomasini 2029-yilgacha uzaytiradi — The Times
Foto: Getty Images

«Bavariya» hujumchisi Harri Keyn 2029-yilgacha Myunxen klubi sharafini himoya qilishda davom etadi. The Times nashrining xabar berishicha, yangi kelishuv bo‘yicha muzokaralar shu haftaning o‘zida bo‘lib o‘tishi kerak.

Angliyalik hujumchi ta’tildan qaytib, yangi shartnoma shartlarini muhokama qilish uchun nemis klubi rahbariyati bilan uchrashadi. Uning maoshi jiddiy o‘zgarmasligi va yiliga taxminan 25 million yevro atrofida bo‘lishi kutilmoqda.

Keynning «Bavariya» bilan amaldagi shartnomasi 2027-yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan. The Times nashriga ko‘ra, myunxenliklar forvardni sotib yuborishni rejalashtirmayapti va uni uzoq muddat jamoada saqlab qolishga umid qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Keyn 2023-yil yozida «Tottenhem»dan «Bavariya»ga 100 million yevro evaziga o‘tgan edi.

Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsumda 33 yoshli hujumchi 51 ta o‘yinda maydonga tushib, 61 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Bavariya Bavariya
Bugungi yangiliklar