Live
5
O'zbek

"Tottenhem" Gakpo bo‘yicha dastlabki taklifni yubordi – manba

Futbol
14 avgust, 12:22
"Qizillar" Kodini sotib yuborishga tayyor.
"Tottenhem" Gakpo bo‘yicha dastlabki taklifni yubordi – manba
Фото: Getty Images

"Tottenhem" klubi "Liverpul" hujumchi Kodi Gakpo bo‘yicha dastlabki taklifni yubordi. Bu haqda SoccerNews nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, "taqachilar" niderlandiyalik 27 yoshli futbolchi uchun 60 million funt sterling miqdorida taklif yuborgan. Biroq mersisaydliklar hozircha ushbu taklif borasida bir qarorga kelmagan.

Qayd etilishicha, "Liverpul" Gakponi sotib yuborishga tayyor. Biroq futbolchining bozor qiymatini bundan-da yuqori baholamoqda.

London klubi "Manchester Siti" yarimhimoyachisi Savinionni o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirgan.

Ma'lumot uchun, Gakpo o‘tgan mavsum Angliya Premer-ligasida 36 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Liverpul Liverpul
  • Tottenhem Tottenhem
Yangi muhokama

Telegram’da birinchi bo‘lib fikr bildiring

Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar