«PSJ» «Liverpul»ga «Ayaks» qanot hujumchisi Mika Godtsning transferidan so‘ng vinger Bredli Barkola uchun so‘ralayotgan narxni tushirishga tayyorligini ma’lum qilgan. TEAMtalk nashrining yozishicha, bu ikki transfer bir-biri bilan chambarchas bog‘liq.
Manbaga ko‘ra, «Liverpul» Barkolani 117 million yevroga baholayotgan bo‘lsa, parijliklar uni sotishdan qariyb 146 million yevro ishlab olmoqchi. «PSJ» Godts bo‘yicha «Ayaks»ning talablariga yaqin yangi taklif bilan chiqdi va 21 yoshli futbolchi borasidagi kelishuvga shu hafta oxirida erishilishi kutilmoqda.
Ispaniyalik Ferran Torresning «Barselona»dan o‘tishi bo‘yicha kelishuv mavjud, biroq u hujumchi Gonsalu Ramush bilan raqobatchi bo‘lishi kutilmoqda. Yarimhimoyachi Magnes Akliush koreyalik Li Kan Inning o‘rniga xarid qilingan bo‘lsa, Godts Barkola ketganidan so‘ng bo‘shaydigan o‘rinni to‘ldiradigan futbolchi bo‘ladi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi