Live
4
O'zbek

«Barselona»ning Rodri transferi uchun xarajatlari 210 million yevrodan oshishi mumkin — AS

Futbol
14 avgust, 06:31
Ispaniya milliy jamoasi yarimhimoyachisi transferi kataloniyaliklarga taxminan qanchaga tushishi ma’lum.
«Barselona»ning Rodri transferi uchun xarajatlari 210 million yevrodan oshishi mumkin — AS
Foto: Getty Images

Ispaniya milliy jamoasi sardori Rodrining «Manchester Siti»dan «Barselona»ga ko‘chib o‘tishi ispanlarga 210 mln yevroga tushishi mumkin. Ispaniyaning AS nashri xabariga ko‘ra, kataloniyaliklar futbolchiga yillik 15 mln yevro, soliqlardan keyin, maosh bilan 4-yillik shartnoma taklif qilganlar.

Mamlakatdagi soliq tizimini inobatga olsak, «Barselona» Rodrining maoshi uchun har mavsum 34 mln yevro sarflashiga to‘g‘ri keladi. Transfer uchun sarflanishi kutilayotgan 80 mln yevro va agentlar uchun to‘lanadigan komissiya pullari bilan umumiy xarajat 210 mln yevrodan oshib ketishi mumkin. Avvalroq inglizlar ispanlarning dastlabki ikkita taklifini rad etgani ma’lum qilingandi.

Ta’kidlanishicha, shartnoma muddati bir yilgina qolgan futbolchilarni arzonroq narxda transfer qilinishi o‘tmishda qolgan. Bu kabi oxirgi kelishuv sifatida germaniyalik Toni Kroosning «Bavariya»dan «Real»ga 20 mln yevro evaziga ko‘chib o‘tganini eslash mumkin.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Siti Manchester Siti
  • Barselona Barselona
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

10+ izoh +1 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar