Live
4
O'zbek

"Natijaga erishish uchun salohiyat bor" — Kerrik APL chempionligi uchun kurash haqida

Futbol
14 avgust, 06:12
"MYU" bosh murabbiyi jamoasining imkoniyatlarini baholadi.
"Natijaga erishish uchun salohiyat bor" — Kerrik APL chempionligi uchun kurash haqida
Foto: Getty Images

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Maykl Kerrik jamoasining APL chempionligi uchun kurashdagi imkoniyatlarini baholadi.

"Agar futbolchilar bunga ishonishsa, avvalo, bu barchamiz uchun qulay sharoit yaratadi. Mavsum boshlanishidan oldin o'z kuchimizga ishonishimiz va qandaydir alohida natijaga erisha olishimiz haqida o'ylashimiz kerak.

Lekin buni futbolchilar maydonga chiqib, amalda ko'rsatishlari va his qilishlari kerak. Men qandaydir aqlsiz bashoratlar qilmoqchi emasman, lekin, menimcha, erishgan natijalarimiz oldinga harakatlanishimiz uchun ishonch beradi.

Bizda haqiqatan ham alohida bir natijaga erishish uchun salohiyat bor. Buni yashirmayman va biz bunga intilishimiz kerak"
, — deya Kerrikning so'zlarini keltiradi The Athletic.

Ma'lumot uchun, "Manchester Yunayted" o'tgan mavsumda APLda 3-o'rinni egallagan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

2 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar