Angliyaning «Manchester Siti» klubi yarimhimoyachisi Jeremi Doku klubdagi vaqti haqida fikrlarini bildirib o‘tdi. Kecha, 13-avgust kuni u klub bilan shartnomasini 2031-yilgacha uzaytirgani e’lon qilindi.
«Menimcha, avvalgi ikki mavsumga nisbatan o‘tgan mavsum to‘laroq bo‘ldi. Albatta, boshidan oxirigacha omadsiz o‘yinlar ham bo‘ldi, lekin men jarayonga ko‘proq jalb qilingan edim. Ko‘proq o‘ynadim, samaraliroq edim. Ha natijada, gollar va golli uzatmalar bo‘ldi. Ortga nazar tashlasam, gol urishim yoki golli uzatmani amalga oshirishim mumkin bo‘lgan ko‘plab o‘yinlar bo‘lganini tushunaman. Ammo oldingi ikki mavsumga nisbatan ijobiy o‘zgarishlar bo‘ldi, har mavsumda yaxshi tomonga o‘zgarib boryapman.
Lekin aytganimdek, men hali ham «tugallanmagan loyiha» ekanligimni his qilyapman. O‘tmishga nazar tashlasam, mamnun bo‘lishim mumkin, ammo keyingi mavsumlarni va hozir boshlanadigan mavsumni ham intiqlik bilan kutyapman. Men oldinga qarayman. Erishgan yutuqlarimni baholash imkoniyatini kutyapman. Shunday katta klubda o‘ynash imkoniyatiga ega bo‘lganimni qadrlayman», - deya Dokuning so‘zlaridan iqtibos keltiradi «Manchester Siti» rasmiy sayti.