Bugun
29
O'zbek

Bokschi Prichard Kolon 33 yoshida vafot etdi

Boks
14 avgust, 00:41
U 11 yil avvalgi jangda boshining orqa qismiga taqiqlangan zarbalar qabul qilgan va miyasiga qon quyilgandi.
Bokschi Prichard Kolon 33 yoshida vafot etdi
Foto: Getty Images

Bokschi Prichard Kolon vafot etdi. U 33 yoshda edi.

Kolon 2015 yilda so‘nggi jangini o‘tkazgan. Terrell Uilyamsga qarshi to‘qnashuvda u boshining orqa qismiga bir necha marta taqiqlangan zarbalarni qabul qilgan va shundan so‘ng miyasiga qon quyilgan.

Og‘ir jarohat tufayli Kolon qariyb 7 oy komada yotgan. Komadan chiqqanidan keyin ham uning ahvoli og‘ir bo‘lib, doimiy parvarishga muhtoj edi. Kolon gapira olmasdi va so‘nggi 11 yil davomida reabilitatsiya jarayonini davom ettirdi.

Prichard puertorikalik professional bokschi bo‘lib, WBC versiyasi bo‘yicha faxriy jahon chempioni edi. Shuningdek, u 2010 yilda 64 kg vazn toifasida Panamerika yoshlar chempionatida oltin medal sohibi bo‘lgan.

Prichard Kolon
Prichard Kolon
Foto: Getty Images
Yangi muhokama

Telegram’da birinchi bo‘lib fikr bildiring

Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar