Live
1
O'zbek

"Kristal Pelas" Gessandni yana bir mavsumga ijaraga oldi

Futbol
14 avgust, 05:08
Ivuarlik vinger yangi mavsumni ham London klubida o'tkazadi.
"Kristal Pelas" Gessandni yana bir mavsumga ijaraga oldi
Foto: Getty Images

Evann Gessand "Kristal Pelas"da yana bir mavsum o'tkazadi.

London klubi "Aston Villa"ning 25 yoshli vingerini sotib olish imkoniyati bilan ijaraga olganini e'lon qildi.

Ivuarik futbolchi o'tgan mavsumning ikkinchi yarmini ham "Kristal Pelas"da o'tkazgandi, biroq klub 30 million yevro evaziga uni to'liq sotib olish bandini faollashtirmagan.

Gessand o'tgan mavsum APL doirasida "Kristal Pelas" safida 8 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma amalga oshirdi. "Aston Villa" tarkibida esa Premyer-liganing birinchi davrasida 13 ta o'yin o'tkazib, 1 ta golga assistentlik qilgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Kristal Pelas Kristal Pelas
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Bugungi yangiliklar