Yuri Tilemans «Aston Villa» muxlislaridan uzr so'radi.
29 yoshli yarimhimoyachi shu yil yozida birminhemliklar safidagi uch yillik faoliyatdan so'ng «Manchester Yunayted» klubiga o‘tdi. Mavsumoldi yig'inlari vaqtida belgiyalik futbolchi sobiq klubiga «eng yaxshi formasiga qaytishiga yordam bergani» uchun minnatdorlik bildirdi. Shundan so'ng: «Ammo «Villa»dan yuqoriroq turadigan klublar ham bor va «Manchester Yunayted» shulardan biri», — dedi.
Futbolchining bu bayonoti «Aston Villa» muxlislarining noroziligiga sabab bo'ldi. Tilemans aytgan so‘zlariga izoh berishga majbur bo‘ldi.
«Matbuotga aytgan so‘zlarim bilan kimnidir hafa qilishni yoki men juda hurmat qiladigan va so‘nggi uch yil davomida minnatdor bo‘lgan «Aston Villa» futbol klubining ko‘ngliga tegishni istamaganman.
Biroq xatoga yo‘l qo‘yganimni tan olishim va so‘zlarni tanlashdagi xatom uchun uzr so‘rashim kerak. Kelajakda bunga yanada ehtiyotkorlik bilan yondashaman. Klubga kelgusida faqat omad tilayman», — deb yozdi Tilemans.
Tilemans «Aston Villa» muxlislaridan uzr so'radi
Futbol
13 avgust, 22:30
«MYU»ga o‘tgan belgiyalik yarimhimoyachining intervyusi sobiq jamoasi muxlislarining noroziligiga sabab bo‘lgandi.
Foto: Getty Images
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi