Live
5
O'zbek

«Milan» Nkunkuni mashg‘ulotlardan chetlatdi va uni sotib yuborish niyatida — Romano

Futbol
14 avgust, 08:40
Italiya klubi fransiyalik futbolchisini sotib yuborishni rejalashtirmoqda.
«Milan» Nkunkuni mashg‘ulotlardan chetlatdi va uni sotib yuborish niyatida — Romano
Foto: Getty Images

Italiyaning «Milan» klubi fransiyalik futbolchisi Kristofer Nkunku bilan xayrlashish niyatida. Bu haqda mashhur insayder va jurnalist Fabritsio Romano o‘zining X tarmog‘idagi sahifasida xabar berdi.

«Milan» Kristofer Nkunkuni mashg‘ulotlarga qo‘ymaslik haqidagi qarori borasida ogohlantirdi. Nkunku «Milan»ni ijara huquqi asosida yoki to‘laqonli tark etishi mumkin. Italiya va chet el klublari futbolchi agenti bilan muzokaralarni boshlab yuborgan», — deb yozadi Romano.

Ma’lumot uchun, 2025/2026-yilgi mavsum A Seriyada 28 yoshli Kristofer Nkunku 32 o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma yetkazib berdi. Shuningdek, futbolchi hisobida Italiya kubogi doirasidagi 2 o‘yin va 1 ta gol mavjud.

Bugungi yangiliklar