Live
6
O'zbek

Mourinio Trentdan yarimhimoyada foydalanishi mumkin

Futbol
14 avgust, 09:42
«Real» bosh murabbiyi angliyalik qanot himoyachsini boshqa pozitsiyada o‘ynatish haqida o‘ylamoqda.
Mourinio Trentdan yarimhimoyada foydalanishi mumkin
Foto: Getty Images

«Real» bosh murabbiyi Joze Mourinio Trent Aleksander-Arnolddan yarimhimoyachi sifatida foydalanishi mumkin. Bu haqda Cadena SER radiosi xabar bermoqda. Mourinio o‘yinni nazorat qilish tizimi doirasida shunday qadam tashlashi mumkin.

Nominal o‘ng qanot himoyachisi bo‘lgan Trent Aleksander-Arnold avvalroq «Liverpul» safida ham ba’zan yarimhimoyachi sifatida harakat qilgan.

Aytish joizki, shu yozda «Real» himoyaning o‘ng qanotiga Denzel Dyumfrisni sotib olgan edi.

Ma’lumot uchun, «Real Madrid» 2026/2027-yilgi mavsumdagi ilk o‘yinini 22-avgust, shanba kuni o‘tkazadi. Joze Mourinio jamoasi safarda «Espanyol»ga qarshi bahs olib boradi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
Bugungi yangiliklar