"Manchester Yunayted"ning sobiq yarimhimoyachisi Fred faoliyatini Braziliyada davom ettiradi.
Futbolchi "Fenerbahche"dan "Atletiko Mineyro"ga o'tdi. Tomonlar 2029 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzolagan.
Qayd etish joizki, 32 yoshli futbolchi "Atletiko Mineyro" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.
Ma'lumot uchun, Fred 2018-2023 yillarda "Manchester Yunayted" sharafini himoya qilgan. Ushbu davr mobaynida barcha turnirlar doirasida 213 ta uchrashuvda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va 19 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Braziliyalik futbolchi o'tgan mavsumda Turkiya klubi safida 41 ta bahsda ishtirok etib, 4 ta gol va 4 ta golli uzatma qayd etdi.
Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, Fredning ayni vaqtdagi bozor qiymati 4,5 million yevroni tashkil etadi.