«Barselona» klubi «Atletiko» hujumchisi Xulian Alvaresning ehtimoliy transferi bo‘yicha vaziyatni 19 avgustga qadar hal qilishga umid qilmoqda. Bu haqda Sport.es xabar berdi.
Manba ma'lumotiga ko‘ra, Alvares 14 avgust kuni «Marsel»ga qarshi o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvi uchun «Atletiko» qaydnomasiga kiritilmagan. Biroq futbolchining bahsda ishtirok etmagani transfer bilan emas, sport sabablari bilan bog‘liq.
Shu bilan birga, «matraschilar» bosh murabbiyi Diego Simeone yangi mavsumning birinchi turida — 19 avgust kuni «Malaga»ga qarshi uchrashuvda — jamoaning barcha asosiy futbolchilaridan foydalanishni rejalashtirmoqda.
Biroq Alvaresning o‘zi «Atletiko»da boshqa o‘ynashni istamayotganini avvalroq Simeonega ma'lum qilgan.
«Barselona»da esa 19 avgustni ushbu vaziyat uchun hal qiluvchi sana sifatida ko‘rishmoqda. Kataloniya klubi fikricha, aynan shu kun Alvaresning kelajagi borasidagi noaniqlikka nuqta qo‘yishi kerak.