Navoiyning «Qizilqum» jamoasi uchun 18-tur omadsiz keldi. Ular safarda – Zominda «So'g'diyona»ga qarshi bahs olib borishdi.
Uchrashuv 2:1 hisobida maydon egalarining g'alabasi bilan yakunlandi. Albatta, mehmonlar o'yin davomida yomon taassurot qoldirishmadi va mezbonlarga yetarlicha xavf tug'dirishdi. Hisobda ortda qolayotib, muvozanatni ham tiklashdi. Biroq yakunda baribir navoiyliklar imkoniyatni boy berishdi. O'yin yakunlangach, «Qizilqum» bosh murabbiyi Jamshid Saidov mag'lubiyat haqida qisqacha gapirdi:
- Yigitlar so'nggi daqiqagacha kurashishdi, oxirigacha jang qilishdi. O'yin uchun kelgan muxlislarimizga minnatdorchilik bildirmoqchiman.
Afsuski, ularning umidlarini oqlay olmadik. Men ularni tushunaman va har qanday holatda ham oxirigacha kurashishda davom etamiz. Sog' bo'linglar», - deya Saidovning so'zlarini keltiradi Tribuna.uz jurnalisti.
Jamshid Saidov: «Afsuski, muxlislarning umidlarini oqlay olmadik»
Eksklyuziv
18 avgust, 15:22
«Qizilqum» bosh murabbiyi jamoasining mag'lubiyati haqida fikr bildirdi.
Фото: Қизилқум ПФК
18.08.2026
FT
O‘zbekiston Superligasi
So'g'diyona
2
:
1
Qizilqum