«Buxoro» klubi o‘z maydonida OKMKni qabul qilib, 2:0 hisobida muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi. Ushbu bahsdan keyin buxoroliklar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov quyidagi fikrlarni bildirdi:
— Avvalo, sizlarni ham g‘alaba bilan tabriklayman. O‘yin juda og‘ir kechdi. Albatta, oson bo‘lmasligini oldindan taxmin qilgandik. Raqib jamoa, mening nazarimda, yaxshi o‘yin ko‘rsata oladigan jamoalardan biri. Ularga qarshi harakat qilish juda qiyin bo‘ldi.
Yaxshiyamki, yana bir bor yigitlar sabr-toqat namoyon qilishdi. Bugun sabr qilish, o‘z imkoniyatlarimizni kutish juda muhim edi. Biz aynan shu vaziyatlarni kutishimiz kerak edi.
Umuman olganda, hamma narsa ham reja bo‘yicha kechmadi. Birinchi taymda ikki nafar himoyachimizdan ayrildik. Keyin o‘yin oxirida yana bir himoyachimiz qizil kartochka oldi.
Shunga qaramay, juda hissiyotlarga boy, ko‘p kuch talab qilgan o‘yin bo‘ldi. Yana bir bor aytaman, yigitlar haqiqiy qahramonlik ko‘rsatishdi. O‘yin oxirigacha bardosh berib, g‘alabani qo‘lga kiritishdi. Buning uchun ularga katta rahmat aytaman», deya Xomyakovning so‘zlarini keltiradi Tribuna.uz jurnalisti.
Aleksandr Xomyakov: «Sabr qilib, o‘z imkoniyatlarimizni kutish juda muhim edi»
Eksklyuziv
14 avgust, 01:07
«Buxoro» ustozi OKMKga qarshi bahsdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
Фото: Бухоро ПФК
13.08.2026
FT
O‘zbekiston Superligasi
Buxoro
2
:
0
ОКМК