Live
4
O'zbek

«Real» Mourinyoni rasman tanishtirdi

Futbol
18 avgust, 10:55
Portugaliyalik mutaxassis «Real» bilan 2029 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.
«Real» Mourinyoni rasman tanishtirdi
Foto: Getty Images

Madridning «Real» klubi Joze Mourinyoni jamoaning yangi bosh murabbiyi sifatida rasman tanishtirdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Taqdimot marosimida «Real» prezidenti Florentino Peres portugaliyalik mutaxassisni qutladi. Mourinyo klub bilan 2029 yil 30 iyunigacha amal qiladigan shartnomani imzoladi.

Hujjatlar imzolanganidan so‘ng Mourinyoga stadion maketi, soat va uning nomi tushirilgan «Real» futbolkasi topshirildi.

Eslatib o‘tamiz, Joze Mourinyo «Real»ni avval ham 2010–2013 yillarda boshqargan.

Ma’lumot uchun, Mourinyo boshchiligidagi «Real»ning ilk rasmiy bahsi 22 avgust kuni bo‘lib o‘tadi. Madrid klubi La Liga 1-turida safarda «Espanyol»ga qarshi maydonga tushadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

10+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar