«Aston Villa» «Parma» darvozaboni Zion Sudzuki transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda Fabritsio Romano xabar berdi.
Birminghem klubi 25 yoshli yaponiyalik futbolchi uchun 30 million yevro to‘laydi. Bonuslarni hisobga olganda, transferning umumiy qiymati 35 million yevrogacha yetishi mumkin.
Suzuki «Aston Villa» bilan 2031 yil yozigacha mo‘ljallangan besh yillik shartnoma shartlarini ham kelishib oldi. Futbolchi «Parma» rahbariyatiga faoliyatini aynan Angliya klubida davom ettirish istagini bildirgan.
«Aston Villa» yaponiyalik darvozabonni ikki yil davomida kuzatib kelgan va Emiliano Martines jamoani tark etgan taqdirda uni argentinalik futbolchining asosiy o‘rnini bosuvchi nomzod sifatida ko‘rgan.
Eslatib o‘tamiz, Suzukining «PSJ»ga transferi ham yakuniy bosqichga yetgandi, biroq kelishuv so‘nggi daqiqada amalga oshmay qolgan.