"Aston Villa" darvozaboni Emiliano Martinez "Yuventus"ga o'tmaydi. Bu haqda The Athletic xabar berdi.
Kecha, 16 avgust kuni turinliklar Birminghem klubiga 7 million yevro va yana 3 million yevro bonuslar taklif qilgan. Biroq yakunda klublar o'rtasidagi muzokaralar hech qanday natija bermagan.
Shu tariqa, argentinalik darvozabon bu yozda A Seriya jamoasi safiga qo'shila olmaydi. "Yuventus" esa endi boshqa nomzodlarga e'tibor qaratishi kutilmoqda.
Avvalroq Emiliano Martinez Argentina milliy jamoasidagi faoliyatini yakunlashi mumkinligi ma'lum qilingandi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi