«Parma» darvozaboni Zion Suzuki «Aston Villa»ga o‘tishga rozi bo‘ldi. Bu haqda jurnalist Ben Jeykobs xabar berdi.
Avvalroq yaponiyalik futbolchining «PSJ»ga transferi agentlarining yuqori moliyaviy talablari sabab amalga oshmagani ma’lum bo‘lgandi. Shundan so‘ng «Aston Villa» italiyalik klub bilan bog‘landi.
Angliya jamoasi Suzuki uchun 35 million yevro to‘lashga tayyor. Ayni paytda klublar o‘rtasidagi muzokaralar ilg‘or bosqichga yetgan.
25 yoshli darvozabonning o‘zi ham Birminghem klubiga o‘tishga rozilik bergan. Endi tomonlar transfer shartlarini yakuniy kelishib olishi kerak.