«Yuventus» «Aston Villa»ga darvozabon Emiliano Martines transferi uchun yangi taklif yubordi. Bu haqda The Athletic xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, turinliklar 33 yoshli futbolchi uchun 7 million yevro to‘lashga va jamoa natijalariga bog‘liq yana 3 million yevro bonus berishga tayyor. «Aston Villa» esa darvozabon uchun 10 million yevroni kafolatlangan to‘lov sifatida olishni istamoqda. Shunga qaramay, tomonlarning pozitsiyalari asta-sekin yaqinlashmoqda.
Martinesning shaxsiy shartnoma shartlarini kelishishda muammo bo‘lishi kutilmayapti. Argentinalik futbolchining «Aston Villa» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yozigacha mo‘ljallangan.
Martines bo‘yicha muzokaralar fonida Birmingem klubi «Parma» darvozaboni Zion Suzuki transferini ham ko‘rib chiqmoqda. Uning transferi taxminan 30 million yevroga baholanmoqda.
Martines o‘tgan mavsum barcha turnirlarda 44 ta bahsda maydonga tushib, «Aston Villa»ning APLda to‘rtinchi o‘rin egallashi va Yevropa Ligasida g‘alaba qozonishiga yordam berdi. JCH-2026da esa Argentina terma jamoasining barcha 8 ta bahsida ishtirok etdi. Argentina finalda Ispaniyaga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Martines 2020 yildan buyon «Aston Villa» sharafini himoya qilmoqda va klub safida 256 ta bahs o‘tkazgan.