Karim Benzemaning «Al Hilol» bilan shartnomasi bekor qilinishi mumkin. Saudiya klubi yangi top-darajadagi hujumchini xarid qilish uchun fransiyalik futbolchi bilan xayrlashishga tayyor. Bu haqda indykaila News xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, «Al Hilol» Benzema bilan o‘zaro kelishuv asosida shartnomani bekor qilish variantini ko‘rib chiqmoqda. Buning uchun klub avval boshqa kuchli hujumchini tarkibiga qo‘shib olishi kerak.
Bunday qarorning sabablaridan biri «Galatasaroy» hujumchisi Viktor Osimxenga bo‘lgan qiziqish ekani aytilmoqda.
Ma'lumot uchun, Benzema 2026 yil fevralida «Al Ittihod»ni tark etib, «Al Hilol»ga rasman o‘tgandi. 38 yoshli futbolchi professional faoliyatini «Lion»da boshlagan, 2009 yilda esa «Real»ga ko‘chib o‘tgan. Madrid klubi safida 14 mavsum davomida 25 ta sovrin, jumladan, 5 ta Chempionlar Ligasi kubogini qo‘lga kiritgan.
Eslatib o'tamiz, 2022 yilda Benzema «Oltin to‘p» sohibiga aylangan. 2023 yil yozida «Real»ni tark etib, «Al Ittihod»ga o‘tgan va Saudiya klubi bilan mamlakat chempionligi hamda Kubogini qo‘lga kiritgan.