«Barselona» Joau Kanseluni qayta safiga qo‘shishga yaqin. 32 yoshli himoyachi «Al Hilol» bilan shartnomasini bekor qilish masalasini muhokama qilmoqda. Bu haqda Fabritsio Romano va Saudiya OAV xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, «Barselona» futbolchining yaqin kunlarda jamoaga qo‘shilishini kutmoqda. Kanselu avval ham Kataloniya klubida ijara asosida to‘p tepgan.
Ma’lumot uchun, portugaliyalik himoyachi o‘tgan mavsumning ikkinchi yarmini «Barselona» safida ijara asosida o‘tkazgan. Shuningdek, «ko'k-anorranglilar» uni 2023/24 yilgi mavsumda «Manchester Siti»dan ijaraga olgandi.